Ikrom Akbarov

Bastakor
Ikrom Akbarov
Tavallud sanasi:
01.03.1921
Vafot sanasi:
18.12.2011

Bastakor, «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi», O‘zbekiston va O‘rta Osiyo respublikalarida muvaffaqiyat qozongan jamoatchilik nazariga tushgan yetuk bastakor, O‘zbekiston Davlat mukofoti va qator xalqaro mukofotlar sohibi.

Bastakor Ikrom Akbarov 1921 yilda Toshkentda tug‘ligan. 1939-1945 yillarda Toshkent, 1945-1954 yillarda Sankt-Peterburg Davlat konservatoriyalarini (shu konservatoriya aspiranturasini) bitirib, 1954 yilda Toshkent Davlat konservatoriyasida o‘qituvchi sifatida o‘z mehnat faoliyatini boshladi.

Uning ijodiy faoliyati 1941 yildan boshlangan.

1945 yilda Toshkent konservatoriyasini tamomlagan.

1950 yilda Leningrad konservatoriyasini bitirgan.

1950-1953 yillarda Leningrad konservatoriyasi aspiranturasida o‘qishni davom ettirgan.

1957 yili ilk marotaba kinoda o‘ynagan (“Baxt sharafiga”).

Ikrom Akbarov musiqa olamiga yorqin va shiddat bilan kirib keldi. Hamza nomidagi musiqa bilim yurtining fortepiano bo‘limini tugallagach, Toshkent konservatoriyasining bastakorlik fakultetiga kirib, o‘qishini davom ettirdi. (Moskva konservatoriyasi pedagoglari Yu.Fortunatova, keyinchalik S.Vasilenko, L.Revutskiy, A.Kozlovskiylardan saboq oldi), so‘ng I.Akbarov Leningrad konservatoriyasida aspiranturani (pedagoglar M.Shteynberg, keyinchalik - B.Arapova, V.Voloshinovalardan musiqa san'ati sirlaridan tahsil oldi). O‘qish davrida ko‘p qirrali qobiliyati namoyon bo‘ldi.

I.Akbarov kamer-cholg‘u, simfoniya, vokal turli musiqa janrlarini puxta egalladi. U ilk musiqa asarlari muallifning mustaqil o‘y-qarashida, ona yurti chiroyini musiqaviy ohangrabosini ochib berishda va milliy musiqa madaniyati bilan boyitish bilan ifodalanadi. Keyinchalik uning musiqiy ijodi turli musiqa madaniyati bilan chambarchas bog‘liq — mumtoz rus va zamonaviy musiqani, hind, ispan, qirg‘iz musiqa madaniyatiga bo‘lgan munosabatni, va albatta o‘zbek madaniyati musiqasi xazinasini o‘z ichiga oladi. Shuni ta'kidlash o‘rinliki, bastakor mohirona turli maktablarning tajribasini umumlashtirib, umummilliy musiqiy manbalarga xuddi o‘zining qadrdonidek yondoshadi. Bastakorning dunyoqarashi keng va xilma-xildir. Lekin Akbarovning shon-sharafi birinchi navbatda o‘zbek simfoniyasining shakllanishi bilan chambarchas bog‘liq.


Ikrom Akbarov o‘zbek simfonik musiqasining ajralmas bir qismidir. Bastakor eng ko‘p e'tiborni instrumental janrlarga (poema, uvertyura, konsert, simfoniyaga) bag‘ishlagan, shuningdek u sonataga ham istrumentral umumlashtirishga katta qiziqish uyg‘otgan.

Bastakor Ikrom Akbarov Leningrad konservatoriyasida saboq berganining ta'siri ijodiy yo‘nalishini shakllantirishga undadi. Lekin bu Akbarovni milliy musiqadan bo‘linib qoldi emas, u musiqa madaniyati bilan aloqalarni bir maromga solib oldi. Har ikki tizim bastakorning ongiga muhrlangandi.

Tanlangan Akbarov janrlari — poema, syuita o‘zbek simfonik musiqasining takomillashtirish umumiy g‘oyani shakllantiradi. Bunday xulosa kelish asosiy isbotini topgan. Bastakor turli simfonik musiqalar ustida ishlab “Samarqand hikoyalari” simfoniyasini yaratadi. Bu davr (asosan 60-70 yillarni) o‘z ichiga oladi va o‘zbek mualliflari ijodida simfoniya yetakchi janrlardan biri sanaladi.

“Samarqand hikoyalari”da eng muhimi dramatik asarlar xususiyatlari, fikrlash va rivojlanish usullari monofonik his etiladi.

I. Akbarov 1954 yilda yozilgan ilk partiturasi «Shеkspir xotirasiga» poemasi bilan jamoatchilik nazariga tushdiki, ijoddagi bu dastlabki yutuq, uning «Eyshedrema», skripka va orkestr uchun 3 ta konserti «Shakuntala» simfonik manzaralari, «Samarqand hikoyalari»da keng rivoj topdi va 90-yillar «Simfoniya - epitafiya» va «Simfoniya - violonchel va orkestr», alt va kamer konsertlarini yaratdi.

Shuni ta'kidlash lozimki, simfonik-mualliflar avvalgi bosqichlarida simfonik qonunlar, faqat tabiiy folklor namunalaridan foydalanishgan bo‘lsa, bugungi kunda ular simfoniyaga og‘zaki an'ana janrlari xususiyatini o‘z ichiga oladi. Bejizga emas, tadqiqotchilarning fikricha, O‘rta Osiyoda simfoniya janri rivojlangan, negaki, u yer mumtoz musiqa merosiga juda boy.

O‘zbekistonda musiqiy-sahnaviy janrlar rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan I. Akbarovning «Momo yer», «O‘jarlar» va boshqa musiqiy drama va simfoniyalari O‘zbekiston va O‘rta Osiyo respublikalarida muvaffaqiyatli ravishda sahnalashtirilgan qator spektakllar yaratdi.

«Orzu», «Layli va Majnun» baletlari, «Sug‘d elining qoploni» operalari Toshkentdagi opera teatrida «Toshkentnoma», «Mening shahrim» kabi oratoriya va kantatalar, torli kvartetlar va romanslar, xalq so‘zlari uchun yozilgan «Gazli», «Ra'no», «Qaydasan», qo‘shiqlari ham san'atkor ijodining kino san'ati ravnaqiga munosib hissasi hisoblanadi.

1956 yilda, so‘ngra «Ikkinchi bahor», «Sen yetim emassan», «Osiyo ustida bo‘ron», «Qora konsulning halokati», «Ikki dil dostoni» va boshqa badiiy hamda hujjatli filmlarga musiqa yozdi.

XX asr o‘zbek simfonik ijodiyotiga ulkan hissa qo‘shgan bastakor Ikrom Akbarovning ijodi 1964 yilda «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi» unvoni, 1977 yilda «Hamza» vokal simfonik poemasi uchun O‘zbekiston Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

I. Akbarov 1998 yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan Xalqaro simfonik musiqa festivalida «Ibtido xatosi» operasi bilan qatnashdi. 1999 yilda M. Shayxzodaning «Jaloliddin Manguberdi» asari asosida «Jaloliddin Manguberdi» operasini yozdi.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/akbarov_ikrom
Sayt foyda berdi!
87383 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek va dunyo ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi